Har bir viloyatning oʻz mahallasi bor. Har bir obunachining oʻz hovlisi — darvozasida niki yozilgan. Kim oldin qoʻshilgan boʻlsa, mahalla markaziga yaqinroq yashaydi.
Bitta Telegram akkauntga — bitta bepul hovli, darvozasida nikingiz yoziladi. Tasdiqlash — Telegram botimiz orqali (bir daqiqa). Hovli darhol paydo boʻladi; obunangiz keyingi yangilanishda tekshiriladi — obuna boʻlmagan nikda chiroqlar oʻchadi. Hovlini kuchaytirish va nikni oʻzgartirish — faqat sizdan (Telegram orqali kirgan qurilmalaringizdan). Qoʻshimcha uy — pullik.
Instagram nikingiz oʻzgargan yoki xato yozilgan boʻlsa. Hovlingiz joyi, binolaringiz va obuna tartibingiz saqlanadi. Yangi nik keyingi yangilanishda obunachilar roʻyxatidan tekshiriladi — obuna boʻlmagan nikda chiroqlar oʻchadi.
Shahar 14 ta mahalladan iborat — har bir viloyatga bittadan. Mahallani bossangiz, oʻsha yerga uchib borasiz.
Odatda sifat qurilmangizga qarab avtomatik tanlanadi. Telefon qizisa yoki qotsa — pastroq darajani tanlang.
Markaziy maydonda ikkita joy boʻsh turibdi. Ovoz bering — eng koʻp ovoz olgan bino keyingi sonda quriladi. Instagramda @shaharquramiz videosi ostidagi eng koʻp layk olgan izoh ham hisobga olinadi.